«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 2-san (2026)
Lavandula angustifolia Mill. O‘SIMLIGINING YER USTKI QISMLARIDAGI IKKILAMCHI METABOLITLARNING FITOKIMYOVIY TAHLILI
Ksenofontova, Diana, Nazarov, Otabek
Annotaciya
Mahalliy sharoitda yetishtiriladigan Lavandula angustifolia Mill. o‘simligining fitokimyoviy tarkibi kompleks tarzda o‘rganildi. Tadqiqot jarayonida o‘simlikning poya hamda generativ organlarida quyi molekulyar bioregulyator-larning mavjudligi va tarkibiy xususiyatlari tahlil qilindi. O‘simlikning yer ustki qismlarida biologik faol moddalarning muhim guruhlari, jumladan flavonoidlar, alkaloidlar, kumarinlar, saponinlar va taninlarning mavjudligi fitokimyoviy usul-lar yordamida aniqlashga qaratilgan tahlillar amalga oshirildi. O‘tkazilgan tahlillar natijasida poya va generativ organ-lar tarkibida flavonoidlar, kumarinlar hamda taninlar kabi ikkilamchi metabolitlarning mavjudligi tasdiqlandi. Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, o‘simlikning generativ organlari flavonoid moddalarga nisbatan boyligi bilan ajralib turadi. Bu esa ushbu organlarning biologik faol birikmalar manbai sifatida alohida ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Olin-gan natijalarga asoslanib, Lavandula angustifolia Mill. o‘simligining poya va generativ organlari tarkibidagi flavo-noidlar, kumarinlar hamda taninlar kabi ikkilamchi metabolitlar farmakologik va biokimyoviy jihatdan chuqurroq o‘rganish uchun istiqbolli o‘simlik xomashyosi sifatida tavsiya etiladi.
Lavandula angustifolia Millyer ustki qismiekstraktikkilamchi metabolitlarfitokimyoviy skrining.Lavandula angustifolia Mill.aerial partextractsecondary metabolitesphytochemical screening.
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.