«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 2 (2026)
EKSTRAKSIYA USULI VA NISBATIGA BOG‘LIQ HOLDA SHIRINMIYA (GLYCYRRHIZA GLABRA L.), SHALFEY (SALVIA OFFICINALIS L.) VA OMANQORA (INULA HELENIUM L.) O‘SIMLIKLARI ARALASHMALARINING ANTIOKSIDANT FAOLLIGINI TAHLIL QILISH
A’zamjonova, Feruzakhon, Usmonova, Saida, Tukhtaboev, Nozimjon
Аннотатсия
Ushbu tadqiqotda Glycyrrhiza glabra L. (shirinmiya), Salvia officinalis L. (shalfey) va Inula helenium L. (omanqora) o‘simliklaridan turli nisbatlarda suvli va etanolli ekstraktlar tayyorlanib, ularning antioksidant faolligi o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi aralashma tarkibi va ekstraksiya muhiti (suv yoki etanol) o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash hamda eng yuqori faollikka ega kompozitsiyani belgilashdan iborat edi. Ekstraktlar ikki xil usulda olindi: suvli ekstraktlar 10 daqiqa davomida qaynatildi, 96 % li etanolli ekstraktlar esa 60 °C haroratda ultratovush yordamida tayyorlandi. Aralashmalar 1:1:1 (K1), 2:1:1 (K2), 1:2:1 (K3) va 1:1:2 (K4) nisbatlarda, shuningdek alohida ekstraktlar (K5- shirinmiya, K6- shalfey, K7- omanqora) holida sinovdan o‘tkazildi. Antioksidant faollik adrenalinning in vitro sharoitdagi auto-oksidlanish reaksiyasini ingibitsiya qilish orqali baholanib, λ = 347 nm to‘lqin uzunligida spektro-fotometrik usulda o‘lchandi. Olingan natijalarga ko‘ra, eng yuqori individual faollik suvli shalfey ekstraktida- 29,8% ni tashkil etdi, etanolli ekstraktlar orasida esa shirinmiya ekstrakti 15,8% ko‘rsatkich bilan yetakchi bo‘ldi. Aralashmalar ichida suvli K-4 (1:1:2) ekstrakti 18,9%, etanolli K-1 (1:1:1) ekstrakti esa 15,4% antioksidant faollik namoyon etdi. Umuman olganda, suvli ekstraktlar etanolli ekstraktlarga nisbatan yuqoriroq antioksidant salohiyatga ega bo‘lib, bu suvda eruvchan fenolik birikmalar va flavonoidlarning faol ishtiroki bilan izohlanadi. K-4 kompozitsiyasi tabiiy antioksi-dant manbai sifatida istiqbolli bo‘lib, biologik faol qo‘shimchalar va farmatsevtik preparatlar ishlab chiqishda amaliy ahamiyatga ega.
Glycyrrhiza glabra L.Salvia officinalis L.Inula helenium L.antioksidant faollikekstraksiya usuliauto-oksidlanishfenol birikmalarbiologik faol qo‘shimchalar.Glycyrrhiza glabra L.Salvia officinalis L.
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.