«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 2 (2026)
FUTBOLCHI QIZLARNING TEXNIK-TAKTIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK VA METODIK JIHATLARI
Yuldashev, Mamirjon
Abstract
Maqolada zamonaviy sport tizimida futbolchi qizlarning texnik-taktik tayyorgarligini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari tahlil qilingan. Ayollar futbolining jahon miqyosida rivojlanish tendensiyalari, shuningdek O‘zbekistonda ayollar futbolini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar yoritilgan. Tadqiqotda futbolchi qizlarning texnik va taktik tayyorgarligini shakllantirishga ta’sir etuvchi fiziologik, psixologik, pedagogik hamda ijtimoiy omillar o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda ayollar futboli tayyorgarlik tizimining mavjud holati tahlil qilinib, uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari futbolchi qizlarning sport mahoratini oshirish, mashg‘ulot jarayonini samarali tashkil etish hamda ayollar futbolining raqobatbardoshligini kuchaytirishga xizmat qiladi.
ayollar futbolitexnik-taktik tayyorgarlikfutbolchi qizlarsport tayyorgarligifiziologik omillarpsixologik tayyorgarlikpedagogik yondashuvmashg‘ulot jarayonisport infratuzilmasigender tengligi.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.