«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 1-сан (2026)
JORJ SARTON TADQIQOTLARIDA IX–XII ASRLAR AL-ANDALUS FAN TARIXINING YORITILISHI
Abdurahimov, Javlonbek
Аннотация
Mazkur maqolada Jorj Sarton tadqiqotlarida IX–XII asrlar al-Andalus fan tarixining yoritilishi tarixshunoslik va qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Tadqiqotda J.Sartonning “Introduction to the History of Science” (“Fan tarixiga kirish”) asarida musulmon G‘arbi, xususan, Qurtuba, Toledo, Sevilya, Saragosa va Granada ilmiy muhitlariga oid qarashlari tahlil qilingan. Maqolada J.Sarton al-Andalus fan tarixini alohida hududiy yoki sivilizatsiyaviy monografiya shaklida emas, balki umumjahon fan tarixi doirasidagi xronologik-biobibliografik tizim asosida yoritgani asoslangan. Tahlillar natijasida asarida Abdurahmon III, al-Hakam II, Maslama al-Majritiy, Abu-l-Qosim az-Zahraviy, Ibn Juljul, az-Zarqoliy, Ibn Bojja, Ibn Tufayl, Ibn Rushd, Ibn Zuhr va al-Bitrujiy kabi shaxslar orqali al-Andalus ilmiy taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatilgani aniqlangan. J.Sarton yondashuvi al-Andalus fan tarixini jahon ilmiy taraqqiyotining uzviy qismi sifatida baholashda muhim bosqich bo‘lgan, biroq uning talqinida hududiy-iqtisodiy, institutsional va ijtimoiy omillar yetarli darajada chuqur ochilmagan.
Jorj Sartonal-Andalusfan tariximusulmon G‘arbiQurtubaMaslama al-Majritiyaz-Zahraviyaz-ZarqoliyIbn Rushdtarixshunoslik.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.