«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 1 (2026)
ABU BAKR AR-ROZIY ILMIY MEROSINI O‘RGANISHDA JORJ SARTONNING O‘RNI
Abdurahimov, Javlonbek
Abstract
Mazkur maqolada Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyyo ar-Roziy (865–925) ilmiy merosini o‘rganishda Jorj Sartonning tutgan o‘rni tarixshunoslik va manbashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Tadqiqotda J.Sartonning “Introduction to the History of Science” (“Fan tarixiga kirish”) asarida ar-Roziy shaxsi, ilmiy merosi, tibbiyot, kimyo va falsafa tarixidagi o‘rni qanday baholangani o‘rganilgan. Maqolada J.Sartonning ar-Roziyni X asr boshlaridagi musulmon Sharqi ilmiy taraqqiyotining markaziy siymolaridan biri sifatida talqin qilgani, uning nomi bilan butun bir ilmiy davrni belgilagani hamda ar-Roziy merosini jahon fan tarixi tarkibida baholagani asoslangan. Shuningdek, ar-Roziyning “Kitāb al-Ḥāwī” (“Qamrab oluvchi kitob”), “Kitāb al-Manṣūrī” (“Mansurga bag‘ishlangan kitob”), “Kitāb al-Jadarī wa-l-Ḥaṣba” (“Chechak va qizamiq haqida kitob”), “Kitāb al-Asrār” (“Sirlar kitobi”) va “Kitāb Sirr al-Asrār” (“Sirlar siri kitobi”) kabi asarlariga J.Sarton, E.Braun, M.. Meyerxof, Y.Ruska va U.Karimov tomonidan berilgan ilmiy baholar qiyosiy tahlil qilindi.
Jorj SartonAbu Bakr ar-Roziyfan tariximusulmon tibbiyoti“al-Ḥāwī”klinik kuzatuvkimyo tarixiiatrokimyoM.MeyerxofU.Karimov.
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.