«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 1-сан (2026)
SHARQ TASAVVUFIDA MA’NAVIYAT TALQINI: HUVAYDO VA MAXDUMI A’ZAM MISOLIDA
Alijonov, Ibrohimjon Ilhom oʻgʻli
Аннотация
Mazkur maqolada Sharq tasavvufida ma’naviyat talqini Xo‘janazar Huvaydo (1703–1781) hamda Maxdumi A’zam (1461–1542) merosi misolida qiyosiy-tahliliy asosda o‘rganiladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, har ikki mutafakkir ma’naviyatni talqin etishda Naqshbandiya tariqatining ruhiy mezonlariga tayanadi. Maxdumi A’zam tasavvufni “xilvat dar anjuman” tamoyili asosida amaliy hayot bilan uyg‘unlashtirgan bo‘lsa, Huvaydo ma’naviy kamolotni ishq falsafasi va fano-baqo maqomlari orqali poetik tarzda ifodalagan. Maqolada ikkala mutafakkirning birlamchi manbalardagi she’riy va tarixiy dalillariga tayangan holda qiyosiy jadval tuzilgan va g‘arb tasavvufshunosligidagi yondashuvlar bilan muqoyasa o‘tkazilgan.
Sharq tasavvufima’naviyat talqiniXo‘janazar HuvaydoMaxdumi A’zamNaqshbandiya tariqati“xilvat dar anjuman”fano va baqonafs tarbiyasiilohiy ishqma’naviy kamolot.
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.