«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 1 (2026)
GLOBALIZATION, INFORMATION FLOWS, AND THE TRANSFORMATION OF CULTURAL IDENTITY AND SPIRITUAL VALUES
Urazov, Abubakir
Abstract
Mazkur maqolada globallashuv va jadallashgan axborot oqimlari davrida madaniy identiklik va ma’naviy qadriyatlarni qanday o‘zgartirishi tahlil qilinadi. Axborot asrida madaniy chegaralar tobora ochiq tus olmoqda, identiklik shakllanishi esa transmilliy kommunikatsiya tarmoqlari, raqamli platformalar va algoritmlar orqali tabaqalashgan kontent ta’sirida kechmoqda. Sifatli va konseptual ijtimoiy-falsafiy metodologiya asosidagi tadqiqot global o‘zaro bog‘liqlik identiklik va ma’naviyatning gibridlashuvi, fragmentatsiyasi hamda qayta konfiguratsiyalanishi jarayonlarini qanday yuzaga keltirayotganini tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, madaniy identiklik barqaror va hududiy chegaralangan shakllardan ko‘p qatlamli, moslashuvchan va tarmoqlashgan konstruksiyalarga ko‘chmoqda. Shuningdek, ma’naviy qadriyatlar institutsional va an’anaga asoslangan tizimlardan individuallashgan hamda global ta’sirlar bilan shakllanuvchi modellarga transformatsiyalanmoqda. Maqolada globallashuv madaniy va ma’naviy identiklikni yo‘q qilmay, balki uni dinamik va plyuralistik sharoitlarda qayta belgilab berishini ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar: Globallashuvaxborot oqimlarimadaniy identiklikma’naviy qadriyatlarraqamli kommunikatsiyatransmilliy tarmoqlaridentiklik transformatsiyasigibridlashuvfragmentatsiyatarmoqlashgan jamiyat
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.