«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 1 (2026)
MASHINA TARJIMASI TARAQQIYOTI: TILSHUNOSLIK TADQIQOTLARIDA YANGI PARADIGMA
Usmonova, Dona, Rajabova, Nigina
Аннотация
Ushbu maqolada mashina tarjimasi texnologiyalarining shakllanishi va rivojlanish jarayoni hamda ularning zamonaviy tilshunoslik va filologiyaga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarjima tizimlarining dastlabki qoidaviy modellaridan boshlab statistik yondashuvlar va sun’iy intellektga asoslangan neyron tarmoqlargacha bo‘lgan bosqichlar ko‘rib chiqiladi. Texnologik taraqqiyot natijasida tarjima jarayonida ma’no, kontekst va ekvivalentlik tushunchalariga yangicha nazar bilan qaralishi asoslab beriladi. Maqolada mashina tarjimasi nafaqat amaliy vosita, balki lingvistik tadqiqotlar uchun muhim ilmiy obyekt sifatida talqin qilinadi. Shuningdek, neyron tizimlarning samaradorligi bilan bir qatorda ularning semantik noaniqlik va madaniy kontekstni aks ettirishdagi cheklovlari ham muhokama qilinadi. Muallif fanlararo hamkorlik zarurligini ta’kidlab, raqamli davrda til va tarjima nazariyasining yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etadi.
Mashina tarjimasiSun’iy intellektNeyron tarmoqlarTilshunoslikFilologiyaRaqamli gumanitar fanlarTil texnologiyalari: Machine translationArtificial IntelligenceNeural networks
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.