«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 1-сан (2026)
TURLI TILLARDA NUTQIY AKTLAR ORQALI MADANIY KONSEPTLARNING LINGVISTK-PROGMATIK IFODASI
Sotvaldiyeva, Xilola
Аннотация
Mazkur maqolada nutqiy aktlarda madaniy konseptlarning lingvistik va pragmatik ifodalanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot ingliz, rus, nemis va o‘zbek tillarida olib borilgan qiyosiy ilmiy tadqiqotlarga asoslanib, qiyosiy-pragmatik yondashuv doirasida amalga oshirilgan. Har bir tilda madaniy konseptlarning nutqiy aktlarda qanday namoyon bo‘lishi, ularning semantik yuklamasi hamda ijtimoiy kontekstdagi roli yoritib beriladi. Jumladan, ingliz tilida “politeness” va “individualism”, rus tilida “dusha” va “pravda”, nemis tilida “Ordnung” va “Pflicht”, o‘zbek tilida esa “hurmat” va “odob” konseptlarining markaziy o‘rin egallashi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, madaniy konseptlarning nutqiy aktlardagi lingvistik ifodalanishi universal xususiyatlar bilan bir qatorda milliy-madaniy o‘ziga xosliklarni ham aks ettiradi.
nutqiy aktmadaniy konseptpragmalingvistikalingvokulturologiyaingliz tilirus tilinemis tilio‘zbek tilikommunikativ madaniyatillokutsion akt
Метадайындар булагы: журналдын OAI-PMH архиви · Sindex толук текстти сактабайт, булакка шилтеме берет.