«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 1-san (2026)
NOVERBAL VOSITALARNING GRAFIK TASVIRI
Sobirova, Nargiza
Annotaciya
Grafika qadim zamonlardan buyon rivojlanib kelayotgan shartli belgilar tizimi hisoblanadi. Grafik tasvirning ildizlari miloddan avvalgi asrlarda yashab, ijod qilgan buyuk allomalar Aristotel va Geraklit faoliyatiga borib taqaladi, deyish mumkin. Shuningdek, miloddan avvalgi I asrning boshlarida yunonlar chiziqning pastki qismida, o‘rtasida yoki tepasida joylashgan nuqtalardan foydalanganliklari haqida ham ma’lumotlar mavjud. Grafik vositalar yillar davomida evolyutsiyaga uchrab kelmoqda: ular oddiy chiziq va nuqtalar yoki qadimgi davrlarda g‘orlardagi rasmlar ko‘rinishidan hozirgi kunda turli alifbolar, ierogliflar, emoji, emotikon, GIF, mem, grafon, ideogramma, diagramma, logogramma, grammatogramma kabi turlargacha rivojlangan. Maqolada grafikaga berilgan ta’riflar hamda uning turlariga oid tasniflar keltirilgan. Shuningdek, Agata Kristining “The Mysterious Affair at Styles” (“Staylsdagi sirli voqea”) asarida grafik vositalar yordamida qahramon holati qanday aks ettirilgani tahlil qilingan. Grafik vositalardan foydalangan holda noverbal vositalarning aks ettirilishi misollar orqali yoritib berilgan. Yozuvning piktografik, ideografik va fonografik ko‘rinishlaridan turli yo‘nalishlarda foydalanilsa-da, ularning barchasining maqsadi birdir. Har bir grafik belgi o‘zida ma’lumot tashish bilan birga, unga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun ham xizmat qiladi.
grafikagrafemabelgilarharflartizimchiziqpiktogramma.graphicsgraphemesigns
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.