«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 1 (2026)
O‘ZBEKISTONNING TOG‘OLDI YARIM QURG‘OQCHIL YAYLOV HUDUDLARIDA IQLIM OMILLARI O‘ZGARISHINING YAYLOV EKOFIZIOLOGIYASIGA VA ULARNING O‘SIMLIKLARI MAHSULDORLIGIGA TA'SIRI: NDVI TAHLILI
Muminov, Mahmud, Nasirov, Muhtor, Ismailkhujaev, Bokhodixodja, Juliev, Mukhiddin, ESHKUVVATOV, BEKZOD, Janzakov, Anvar
Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekistonning tog‘oldi yaylovlarida o‘simlik qoplamining mahsuldorligi va dinamikasini baholashda masofaviy zondlash texnologiyalarining imkoniyatlari yoritiladi. Tadqiqotning maqsadi-tabiiy resurslardan barqaror foydalanishga ilmiy asos yaratish. Asosiy o‘simlik turi-Artemisia diffusa bo‘yicha mavsumiy biomassa, zichlik, qoplama, barglardagi xlorofill va karotin miqdori o‘lchandi. Landsat TM5 sun’iy yo‘ldosh tasvirlari asosida NDVI vaqt qatorlari orqali vegetatsiya va potensial mahsuldorlik baholandi. Mavsumiy yog‘ingarchilik tuproq namligining asosiy omili sifatida aniqlanib, o‘simlik o‘sishi va NDVI qiymatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. NDVI ko‘rsatkichlari Artemisia diffusa ning yashil biomassa, qoplama, tuproq namligi va almashinuvchan azot bilan kuchli bog‘liqlikda ekani aniqlandi. Xlorofill miqdori esa yashil biomassa bilan korrelyatsiyalangan. Natijalar masofaviy zondlash orqali yirik yaylov ekotizimlarining holatini samarali kuzatish imkonini tasdiqlaydi
: Iqlim o‘zgarishi; NDVI; O‘simlik dinamikasi; Tuproq namligi; DegradatsiyaClimate change; NDVI; Vegetation dynamics; Soil moisture; Degradation
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.