«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 1 (2026)
NDVI VA DALA MA’LUMOTLARI ASOSIDA O‘ZBEKISTON YAYLOVLARI SALOMATLIGINI MASOFAVIY ZONDLASH ORQALI TASNIFLASH
Muminov, Mahmud, Nasirov, Muhtor, Ismailkhujaev, Bokhodixodja, Juliev, Mukhiddin, Nazarov, Kholmirzo
Аннотатсия
Mazkur tadqiqot O‘zbekistonning ma’lum bir hududida yaylovlar salomatligini baholash va tasniflashga qaratilgan. Tadqiqotda Normallashtirilgan Farqli Vegetatsiya Indeksi (NDVI) va dala vegetatsiya ma’lumotlari asosida kompleks tahlil amalga oshirildi. NDVI qiymatlari –0.076 dan 0.480 gacha o‘zgarib, ular asosida yaylovlar holati to‘rtta toifaga ajratildi: sog‘lom (≥0.246), past darajada buzilgan (0.145–0.246), o‘rtacha buzilgan (0.05–0.145) va yuqori da-rajada buzilgan (<0.05). Natijalar NDVI asosidagi masofaviy zondlash usullari yaylovlar holatini tez va ishonchli baholash imkonini berishini ko‘rsatdi. Masofaviy zondlash va dala ma’lumotlarini integratsiyalash degradatsiyaga uchragan hududlarni aniqlash, ularni ustuvor boshqaruv choralariga yo‘naltirish hamda yaylov ekotizimlarini saqlash va barqaror foydalanish strategiyalarini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi
: yaylov salomatligiNDVImasofaviy zondlashGATtasniflashmonitoringdegradatsiya.rangeland healthNDVIremote sensing
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.