«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 1-son (2026)
KICHIK DELTALAR RELYEF STRUKTURASI VA GEOKIMYOVIY LANDSHAFT ELEMENTLARINING HUDUDIY BOG‘LIQLIGI
Xakimov, Olimjon
Annotatsiya
Maqolada Amudaryo hozirgi deltasining relyef strukturasi bilan geokimyoviy landshaft elementlarining o‘zaro bog‘liqligi tadqiq etilgan. Relyef plastikasi kartalari asosida elyuvial, trans-elyuvial va superakval elementar landshaft guruhlari ajratilib, ularning hududiy tabaqalanish qonuniyatlari aniqlangan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, delta yuqori, o‘rta va quyi qismlarga bo‘linadi. Yuqori qismda elyuvial elementar landshaftlar ustun bo‘lib, tuproqlar asosan kuchsiz sho‘rlangan yoki sho‘rlanmagan. O‘rta qismda trans-elyuvial landshaftlar hukmronligi o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar tarqalishiga sabab bo‘ladi. Quyi qismda esa superakval landshaftlar ustunligi kuchli va juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar shakllanishini belgilaydi. Olingan natijalar Amudaryo hozirgi deltasi hududlarining meliorativ holatini baholashda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Amudaryo deltasikichik deltageokimyoviy landshaftrelyef strukturasielementar landshaftlarbalandlik va pastliko‘zanbo‘yi balandliklario‘zanlararo pastliklar sho‘rlanishmeliorativ holat.Amu Darya delta
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.