«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 1-нөмір (2026)
OLMA BOG‘LARIDA YASHIL OLMA SHIRASI (APHIS POMI DE GEER)GA QARSHI MIKRO-BIOLOGIK PREPARATLARNING BIOLOGIK SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Jumayeva, Aziza, Zokirov, Islomjon
Аңдатпа
Ushbu tadqiqot intensiv olma bog‘larida yashil olma shirasi (Aphis pomi De Geer)ga qarshi mikrobiologik preparatlarning biologik samaradorligini baholashga qaratilgan. 2022-2024-yillarda Andijon viloyati Izboskan tumani “Izboskan 7 xazina” fermer xo‘jaligiga qarashli 4,5 gektarli intensiv olma bog‘ida (“Golden delishes” navi, 4x2 sxema) kichik dala tajribasi o‘tkazildi. Tajriba 5 variant va 4 qaytariqda tashkil etildi (har bir variant 40 m², jami 0,08 ga). Preparatlar may oyining birinchi dekadasida, gektariga 600 l ishchi suyuqlik sarfi bilan, ertalab +22-24°C harorat va 61-65% nisbiy namlik sharoitida motorli qo‘l apparatida sepildi. Bakterial preparatlar: Bioslip BT (1x1011 KOE/g, 2,0 kg/ga) va Prestij Plus (2x109 sp/ml + δ -endotoksin, 3,0 l/ga), zamburug‘ asosli preparat: Bioslip BV (ORM-09, 1 ml da 1x108, 3,0 l/ga) sinovdan o‘tkazildi; andoza sifatida Bifstar 10% em.k (Bifentrin, 0,6 l/ga) qo‘llandi. Shira soni ishlovdan oldin hamda ishlovdan keyingi 3, 7 va 14 kunlarda hisoblandi, biologik samaradorlik Abbott formulasi bo‘yicha aniqlandi. Ishlov berilgandan so‘ng shira populyatsiyasi 3-14 kun ichida sezilarli kamaydi: Prestij Plus 42,1-82,9%, Bioslip BT 35,4-77,7%, Bioslip BV 28,1-72,5% biologik samaradorlikni ko‘rsatdi
Aphis pomimikrobiologik preparatlarBacillus thuringiensisBeauveria bassianaolma bog‘i.Aphis pomimicrobiological preparationsBacillus thuringiensisBeauveria bassianaapple orchard.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.