«FarDU­ ilmiy xabarlari» Том 7 № 1 (2026)

LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (BCMV) IQTISODIY ZARARINI ANIQLASH VA BAHOLASH

Fayzieva, Nazira

Читать на сайте источника

Аннотация

Ushbu tadqiqotda Loviya oddiy mozaika virusining agroekotizimlarda tarqalishi va uning hosildorlik hamda mahsulot sifatiga ko‘rsatadigan iqtisodiy ta’siri kompleks tarzda o‘rganildi. Tadqiqot obyekti sifatida LoMV bilan tabiiy infeksiyalangan va sog‘lom Phaseolus vulgaris L. navlari Qora ko‘z, Turkiya Vir, Kalipso, Oq loviya, Mahsuldor va Ravot tanlandi. Hosildorlik ko‘rsatkichlari, 1000 dona urug‘ massasi va don tarkibidagi oqsil miqdori kimyoviy tahlillar yordamida aniqlanib, sog‘lom va virus bilan zararlangan navlar o‘rtasidagi farqlar asosida iqtisodiy zarar hisoblandi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, virus infeksiyasi navlarga qarab turlicha ta’sir ko‘rsatdi. Qora ko‘z va Turkiya Vir navlari nisbatan barqaror bo‘lsa, Kalipso va Ravot navlarida hosildorlik sezilarli darajada kamaygan. Hosil yo‘qotilishi 1 gektar maydonda 403 kg dan 1460 kg gacha bo‘lib, iqtisodiy zarar 8,1 mln so‘mdan 29,2 mln so‘mgacha yetgan. Tahlillar virus bilan zararlanish darajasi oshgani sari hosildorlik va urug‘ sifati pasayishini, shuningdek, iqtisodiy yo‘qotishlarning mutanosib ravishda ortishini ko‘rsatdi. Xususan, kasallik erta rivojlanish bosqichida namoyon bo‘lganda hosil yo‘qotish eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Olingan natijalar LoMVga chidamli navlarni tanlash, sog‘lom urug‘lik materialidan foydalanish va virus tarqalishini cheklashga qaratilgan fitosanitar choralarni kuchaytirish zarurligini asoslab beradi. Ushbu tadqiqot natijalari loviya yetishtirish samaradorligini oshirish va iqtisodiy zararlarni kamaytirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega

Loviya oddiy mozaikasi virusiiqtisodiy zararhosildorlik yo‘qotishlariurug‘ sifativirusga chidamli navlarloviya yetishtirishfitovirusnavinfeksiyaBean Common Mosaic Virus (BCMV)

Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.

Цитировать

APA 7
Fayzieva, Nazira (2026). LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (BCMV) IQTISODIY ZARARINI ANIQLASH VA BAHOLASH. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 7(1).
GOST R 7.0.5
Fayzieva, Nazira LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (BCMV) IQTISODIY ZARARINI ANIQLASH VA BAHOLASH // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2026. Т. 7. № 1.
BibTeX
@article{nazira2026,
  author  = {Fayzieva, Nazira},
  title   = {LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (BCMV) IQTISODIY ZARARINI ANIQLASH VA BAHOLASH},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2026},
  volume  = {7},
  number  = {1}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Fayzieva, Nazira
TI  - LOVIYA ODDIY MOZAIKASI VIRUSI (BCMV) IQTISODIY ZARARINI ANIQLASH VA BAHOLASH
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2026
VL  - 7
IS  - 1
ER  -