«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 7 № 1 (2026)
FARG‘ONA VODIYSI AGRO- VA URBANOEKOTIZIMLARIDAGI INVAZIV HASHAROTLARNING TROFIK MUNOSABATLARI HAQIDA
Asqarova, Dilnoza, Zokirov, Islomjon
Аннотатсия
Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysi agro va urbanoekotizimlarida uchraydigan invaziv hasharotlarning ozuqa resurslari bilan aloqalari hamda o‘simlik–fitofag–tabiiy dushman tizimida shakllanadigan tri-trofik koevolutsiya omillari bayon etilgan. Tadqiqotlar 2022–2025 yillar davomida, asosan, vegetatsiya mavsumlarida dalada kuzatuv va namuna yig‘ish, laboratoriyada morfologik identifikatsiya, fenologik hamda trofik tahlillar asosida amalga oshirildi. Hudud invaziv entomofaunasida aniqlangan 28 tur hasharotlarning 83 tur ozuqa o‘simligi bilan trofik bog‘liqligi aniqlangan. Tri-trofik tizimda o‘simliklarning morfologik-anatomik va kimyoviy himoyalanish mexanizmlari, fitofaglarning detoksi-katsiya hamda yashirin oziqlanish xususiyatlari, shuningdek yirtqichlar, parazitlar va entomopatogenlar ishtiroki invaziv turlar populyatsiyasini boshqarishda muhim omil ekani ochib berildi.
invaziv hasharotlartri-trofikmonofagoligofagpolifagparazit.invasive insectstri-trophic systemmonophagousoligophagous
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.