«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 1-san (2026)
YOVVOYI SABZI (DAUCUS CAROTA) O‘SIMLIGINING FITOKIMYO VA FARMOKOLO-GIYADA FOYDALANILISHI BO‘YICHA TADQIQOTLAR TAHLILI
Muxitdinova, Madina, Muminov, Khasan
Annotaciya
Ushbu maqolada yovvoyi sabzi (Daucus carota) o‘simligining fitokimyo va farmokologiyada foydalanilishi bo‘yicha tadqiqotlar tahlili keltirilgan. Olimlarning izlanishlariga ko‘ra, qadimdan yovvoyi sabzi antilit, diuretik, karminativ, antiseptik va anti- yal-lig‘lanish xususiyatlariga ega bo‘lib, siydik yo‘llari kalkulyasi, sistit, prostatit va saraton kasalliklariga qarshi qo‘llanilganligi ta’kidlanadi. Yovvoyi sabzining fitokimyoviy, farmokologik va teropevtik xususiyatlari haqida ma’lumotlar juda kam nashr qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar bor. Yovvoyi sabzining (Daucus carota L. ssp. carota) kichik kenja turlarini xalq tabobatida qo‘llanilishi sabab, fitokimyoviy va farmakologik xususiyatlari chuqur o‘rganilgan. Buning uchun elektron ma’lumotlar bazasidagi (1927- 2023- yillardagi) juda ko‘plab adabiyotlar sharhlandi. Yovvoyi Daucus carota kichik turlari tarkibida 310 dan ortiq birikmalar, shu jumladan: terpenoidlar, fenilpropenoidlar, flavo-noidlar, antioksidant, saraton kasalligiga qarshi, issitmaga qarshi, og‘riq qoldiruvchi, antibakterial, antifungal, gipoli-pidemik, jigar va oshqozonni himoya qiluvchi xususiyatlari mavjud ekanligi aniqlangan.
Daucus carota; yovvoyi sabzi; antioksidant; antibakterial; antifungal; gipolipidermik: Daucus carota; wild carrot; antioxidant; antibacterial; antifungal; hypolipidemic
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.