«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 1-нөмір (2026)
OZARBAYJON TILIDAGI HUQUQIY HUJJATLARNING LEKSIK-SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Malham, Mehtiyeva
Аңдатпа
Mazkur maqolada ozarbayjon tilidagi huquqiy hujjatlarning leksik-semantik xususiyatlari lingvistik va huquqiy nuqtayi nazardan har tomonlama tahlil qilinadi. Huquqiy matnlarning asosiy vazifasi me’yoriy tartibga solish va huquqiy munosabatlarni aniq ifodalashdan iborat ekanligi inobatga olinib, bunday hujjatlarda qo‘llaniladigan leksik birliklarning semantik barqarorligi, terminologik aniqligi va bir ma’noliligi o‘rganiladi. Tadqiqotda huquqiy terminologiyaning semantik xususiyatlari, sinonimiyadan ongli ravishda qochish, standartlashgan ifodalarning roli, shuningdek huquqiy matnlarda o‘zlashma so‘zlar, arxaizmlar va neologizmlarning tutgan o‘rni aniqlanadi. Shu bilan birga, huquqiy hujjatlarda ko‘chma ma’noga yo‘l qo‘yilmasligi, emotsional-ekspressiv leksikaning istisno qilinishi va semantik neytrallikning qoralanishi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Amaliy materiallar asosida olib borilgan tadqiqot huquqiy leksikaning semantik tuzilmasi rasmiy-uslubiy talablar asosida shakllanishini ko‘rsatadi. Maqolada əldə qilingan natijalar ozarbayjon tilidagi huquqiy hujjatlarni to‘g‘ri talqin qilish baxımidan muhim ahamiyatga ega.
huquqiy hujjatlarhuquqiy tilleksik-semantik xususiyatlarhuquqiy terminologiyasemantik tuzilmarasmiy-ish uslubi.legal documentslegal languagelexical-semantic featureslegal terminology
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.