«FarDU ilmiy xabarlari» 7-tom 1-san (2026)
FORMICA SUBPILOSA RUZSKY, 1902 NING FARG‘ONA VODIYSIDAGI BIOGEOGRAFIK TARQALISHI VA AYRIM BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI
Zokirova, Gulnora, Adbullayeva, Fotima
Annotaciya
Maqolada Formica subpilosa Ruzsky, 1902 turining biogeografik tarqalishi va bioekologik xususiyatlari Farg‘ona vodiysi sharoitida tahlil qilindi. Tadqiqot dala kuzatuvlari va adabiyotlar tahliliga asoslangan. Tur qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil hududlarda, ayniqsa daryo vodiylari, vohalar va sug‘oriladigan agro-landshaftlar bilan bog‘liq holda uchrashi aniqlandi. “Cho‘l ichidagi nam yo‘laklar” konsepsiyasi turning tarqalishini izohlovchi muhim omil sifatida baholandi. Natijalar F. subpilosa ning yuqori ekologik plastiklikka ega ekanini va antropogen muhitlarda barqaror populyatsiyalar hosil qila olishini ko‘rsatadi.
Formica subpilosaFormicidaebiogeografiyabioekologiyanam yo‘laklarFarg‘ona vodiysi.Formica subpilosaFormicidaebiogeographybioecology
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.