«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 1 (2026)
MIKROPLASTIKLARNING GIDROBIONTLARGA TA’SIRINI ADABIYOTLARDA O‘RGANILISHI
Xusanov, Alijon, Yakhyoyev, Abdumukhtar, Parpiyev, Iqrorjon
Аннотация
Ushbu maqola mikroplastiklarning gidrobiont organizmlarda uchrashi va ularning biologik ta’sirini yoritishga bag‘ishlangan adabiyotlar sharhiga oid. Matnda baliqlar, zooplankton va ikki pallali mollyuskalar organizmidagi bioakkumulyatsiyasi hamda trofik zanjir bo‘ylab uzatilishi haqidagi zamonaviy ilmiy manbalar tahlil qilindi. Adabiyotlar ma’lumotlarini umumlashtirish mikroplastiklarning gidrobiontlarda metabolik va fiziologik buzilishlar, oksidlovchi stressning kuchayishi, reproduktiv jarayonlarning susayishi hamda populyatsiya barqarorligining izdan chiqishi bilan bog‘liqligini ko‘rsatdi. Shuningdek, filtratsiya qiluvchi organizmlar va quyi trofik bo‘g‘inlar mikroplastiklarning yuqori trofik pog‘onalarga o‘tishida muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Olingan xulosalar mikroplastiklarning suv ekotizimlari uchun ko‘p yo‘nalishli ekologik xavf tug‘dirishini tasdiqlaydi hamda monitoring tizimlarini takomillashtirish va ifloslanishni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish zarurligini asoslaydi.
Mikroplastikgidrobiontlarbaliqlarzooplanktonikki pallali mollyuskalaroksidlovchi stresstoksikliktrofik zanjir.Microplasticshydrobionts
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.