«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 1-son (2026)
IMPULSLI ND: YAG LAZERIDA CR4+:YAG VA REZONATOR ICHIDAGI IKKINCHI GARMONIKA GENERATSIYASINING KOMBINATSIYALASHGAN MODALAR SINXRONLASH REJIMI
Reyimbayev, Sherzod, Yunusova, Aziza, Abdulazizova, Shaxnoza
Annotatsiya
Ushbu tadqiqot yuqori energiyali, lampa bilan damlanadigan Nd:YAG lazer rezanatorida barqaror va yuqori energiyali modalar sinxronlashuvi va sifat omilini modulyatsiyalash impulsini olishga qaratilgan. Bunda rezanatorda nochiziqli koʻzgu mexanizmi bilan Cr4+:YAG toʻyinuvchi yutuvchisi kiritilib, ikki komponentli passiv modulyatorlar tizimi yaratildi. Tadqiqotda, to‘yinuvchi yutuvchi elementining boshlang‘ich o‘tkazuvchanligi parametriga bog‘liq holda nochiziqli ko‘zgu bilan to‘yinuvchi yutuvchi orasidagi sinergik o‘zaro ta’sir ko‘rsatildi. Boshlang‘ich o‘tkazuvchanligi 30 % bo‘lgan Cr4+:YAG yutuvchisi LBO kristali bilan birgalikda qo‘llanilganda, lazer tizimida barqaror modalar sinxronlashuvi va sifat omilini modulyatsiyalash rejimi kuzatildi. Aksincha, yuqoriroq o‘tkazuvchanlikka ega Cr4+:YAG bilan hosil qilingan kombinatsiya barqarorlikning pasayishini namoyon qildi. Ushbu aniqlangan kombinatsiya yuqori sifatli modalar sinxronlashuvi va sifat omilini modulyatsiyalash impulslarini olish uchun amaliy yechim bo‘ladi, hamda kelajakda impuls ajratish va regenerativ kuchaytirish orqali yuqori energiyali ultra-qisqa impuls tizimlarida foydalanish uchun xizmat qiladi.
Cr4+:YAG to‘yinuvchi yutilish elementiboshlang‘ich o‘tkazuvchanlikmodalar sinxronlashuvi va sifat omilini modulyatsiyalash rejiminochiziqli kristalnochiziqli ko‘zgu.Cr4+:YAG saturable absorberinitial transmissionQ-switched mode-lockingnonlinear crystalsecond-harmonic generation
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.