«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 1 (2026)
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARIDA REAL VA VIRTUAL EKSPERIMENTLARNI INTEGRATSIYALASHGAN HOLDA TASHKIL ETISH
Xayrullayevna, Aziza
Аннотация
Ushbu tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda real va virtual eksperimentlarni integratsiyalashning samarali modelini ishlab chiqish va uning o‘quv jarayoniga ta’sirini baholashdan iborat. Tadqiqot metodlari sifatida tizimli tahlil, qiyosiy pedagogik kuzatuv hamda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan amaliy tajriba-sinov ishlari qo‘llanildi. Tadqiqot davomida an’anaviy laboratoriya jihozlari va zamonaviy simulyatsion dasturiy ta’minotlarning o‘zaro mutanosibligi o‘rganildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, virtual va real tajribalarni integratsiyalashgan holda olib borish talabalarning nazariy bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash darajasini 35% ga oshiradi. Virtual simulyatsiyalar murakkab fizik jarayonlarni vizuallashtirsa, real tajribalar amaliy ko‘nikmalarni shakllantiradi. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash lozimki, taklif etilayotgan gibrid laboratoriya modeli ta’lim sifatini oshirish bilan birga, moddiy-texnik bazadan foydalanish samaradorligini ta’minlaydi va xavfsizlik texnikasiga rioya qilish darajasini yaxshilaydi. Ushbu yondashuv zamonaviy muhandislik va STEM yo‘nalishidagi ta’lim uchun poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
virtual laboratoriyareal eksperimentintegratsiyagibrid ta’limSTEMta’lim samaradorligimetodologiya.virtual laboratoryreal-world experimentintegration
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.