«FarDU ilmiy xabarlari» 7-jild 1-son (2026)
TALABALARNING SHAXSIY RIVOJLANISH TRAYEKTORIYASINI ANIQLASHDA PEDAGOGIK TASHXISLASHNING O‘RNI
Avezov, Olmos, Siddikova, Naziraxon
Annotatsiya
Ushbu maqolada talabalarning shaxsiy rivojlanish trayektoriyasini aniqlash jarayonida pedagogik tashxislashning metodologik va amaliy ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda pedagogik tashxislash talabaning shaxsiy o‘sish dinamikasini aniqlash, rivojlanish ehtiyojlarini ochib berish va individual ta’lim yo‘nalishlarini asoslash vositasi sifatida talqin etiladi. Maqola shaxsiy rivojlanish trayektoriyasini reflektiv faoliyat, qaror qabul qilish xususiyatlari, motivatsion holat va shaxsiy tanlovlar tizimi orqali aniqlash zarurligini asoslaydi. Pedagogik tashxislash jarayoni talabaning o‘zini anglash darajasini chuqurlashtiruvchi va ongli rivojlanish strategiyasini shakllantiruvchi muhim mexanizm sifatida izohlanadi.
pedagogik tashxislashshaxsiy rivojlanish trayektoriyasiindividual rivojlanishreflektiv tahliltalaba shaxsirivojlanish dinamikasiongli tanlovta’limda individuallashtirishshaxsga yo‘naltirilgan yondashuvpedagogik baholash.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.