«FarDU ilmiy xabarlari» Том 7 № 1 (2026)
FITOGORMONLARNI O‘SIMLIKLARDA SUBERIN YIG‘LISHIDAGI ROLI
Gulimmatova, Iroda, Buriyev, Zabardast, Usmanov, Dilshod, Shermatov, Shuxrat, Abdukarimov, Sharofiddin
Аннотация
Suberin o‘simliklarda suv va erigan moddalarning tashilishini cheklash, patogenlarga qarshi himoya qilish hamda noqulay muhit sharoitlariga moslashuvni ta’minlashda muhim rol o‘ynovchi gidrofob biopolimer hisoblanadi. Ushbu maqolada suberinning strukturaviy tashkil topishi, biosintezi, hujayra devoriga cho‘kishi va fitogormonal boshqarilishi haqidagi so‘nggi ilmiy yutuqlar umumlashtiriladi. Fitogormonlar orasida Absizat kislotasi (ABA) suberin biosintezining yetakchi fitogormonal regulyatori sifatida gen ekspressiyasi darajasida nazoratni amalga oshiradi. Ushbu fitogormon genlarning transkripsion faollashuvi orqali ham suberin biosintezini boshqaradi. Shuningdek maqolada gibberellinlar (GA) ham endodermal suberizatsiyani rag‘batlantiruvchi muhim signal ekanligini ko‘rsatilinadi. ABA va GA o‘rtasidagi sinergik o‘zaro ta’sir suberizatsiya jarayoni rivojlanish va stress signallarining o‘zaro uyg‘unlashuvi orqali tartibga solinishini ko‘rsatadi
suberingen expressiyakaspariya chizig‘iabsizat kislota (ABA)gibberillin (GA)transkripsiya omili.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.