«FarDU ilmiy xabarlari» 7-том 1-нөмір (2026)
EKSPRESSIV VA EKSTRALINGVISTIK VOSITALARNING POETIK FUNKSIYASI
Abdupattoyev, Muhammadtohir
Аңдатпа
Maqolada lingvopoetikaning asosiy sohalaridan biri hisoblangan poetik sintaksis masalalari, poetik sintaksisning asosiy tadqiqot obyekti hisoblangan poetik nutq tarkibida ishtirok etuvchi ekspressiv va ekstralingvistik vositalarning asosiy belgi-xususiyatlari yoritilgan. Shuningdek, poetik nutq, eng avvalo, ekspressiv nutq ekanligi, shuning uchun ham poetik nutqni o‘rganishda uning ekspressiv jihatlariga e’tibor qaratish, ekspressivlikning yuzaga kelishini ta’minlovchi vosita va figuralarni tadqiq etish bunday nutq mohiyatini keng va atroflicha o‘rganish uchun imkoniyat yaratishi, ekspressivlik poetik sintaksis doirasida emotsionallik, obrazlilik tasviriylik, ta’siriylik kabi tushunchalar bilan uzviy bog‘liqligi, ekspressivlikning badiiy nutqdagi o‘rni va funksiyasi tadqiqi natijasida tilshunoslikda ekspressiv fonetika, ekspressiv leksika, ekspressiv morfologiya, ekspressiv sintaksis tushunchalari paydo bo‘lganligi haqida ma’lumotlar berilgan.
lingvopoetikapoetik sintaksisekspressologiyaemotsionallikekspressiv nutqaktual bo‘linishekstralingvistikaindvidualliksintaktik figuratasviriylik
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.