«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 7 Issue 1 (2026)
2(3-GIDROKSI-2H-BENZO (1,4) TIAZIN 2 IL)SIRKA KISLOTA SINTEZI VA TADQIQI
Sulaymonova, Jahona
Abstract
Ushbu maqolada 2-aminotiofenol va malein angidridning o‘zaro reaksiyasi asosida 2(3-okso-2H-benzo[1,4]tiazin-2-il)sirka kislotaning sintezi, tuzilishini spektral tahlil asosida tasdiqlash va mahsulotlarning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish maqsad qilingan. Tadqiqotda dastlab oraliq mahsulot sifatida 2-merkapto-malein kislota olinib, u etanol muhitida trietilamin ishtirokida xalqalash amalga oshirildi. Sintez qilib olingan birikmalar IQ, ¹H YaMR va ¹³C YaMR spektroskopiyasi yordamida identifikatsiya qilindi. Olingan natijalar reaksiyaning bosqichma-bosqich amalga oshganini, hosil bo‘lgan mahsulotlarning yuqori tozalikda ekanini va benzotiazin halqasining shakllanganini tasdiqladi. Ushbu benzo[1,4]tiazin hosilasining sintezi kelgusida biologik faol birikmalar yaratishda istiqbolli yo‘nalish sifatida baholanmoqda.
14-benzotiazininfraqizil spektr2(3-okso-2H-benzo[14]tiazin-2-il)sirka kislota2-aminotiofenol¹H YaMR va ¹³C YaMR spektr
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.