«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 3-son (2025)
MA’RIFATPARVARLIK FENOMENINING ASOSIY G‘OYASI, VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISHI
Abduvaxidov, Abdullaziz
Annotatsiya
<p>Ma’rifatparvarlik — bu nafaqat bilim va madaniyatni tarqatish, balki insonlarning ongini, fikrini va xulqini o‘zgartirishga qaratilgan jarayon. Bu jarayon, ta’lim tizimi va madaniy faoliyat orqali jamiyatning intellektual rivojlanishini ko‘zda tutadi. Shuningdek, ma’rifat — davlatda yoki jamiyatda tashkil etilgan tarbiyaviy va ma’rifiy tizimni ifodalaydi. Bu tizim o‘zgaruvchan tarixiy sharoitlarda, iqtisodiy, siyosiy va madaniy omillar bilan bog‘liq ravishda shakllanadi. Maqolada ma’rifatparvarlikning asosiy g‘oyasi, vujudga kelishi, rivojlanishi xususan ma’rifatparvarlar harakati borasida so‘z boradi. Kantning falsafiy nuqtai nazaridan, ma’rifat faqat tashqi erkinlikda emas, balki ichki erkinlikda ham ifodalanadi. Bu erkinlik, odamning o‘z aqlidan mustaqil ravishda foydalanishi va o‘z fikrini erkin ifodalashi huquqini anglatadi. Shuning uchun, Kantning ma‘rifatga bo‘lgan qarashi, birinchi navbatda, insonning o‘zini anglash va o‘z aqlini mustaqil ravishda ishlatish huquqiga ega bo‘lishidir.</p> <p>G‘arb mutafakkirlari “voyaga yetmaganlik”ni insonning o‘z aqlidan erkin foydalanishdan qochish yoki qo‘rqish holati sifatida ta’riflaydi. Bu holat, odamning faqat boshqalar tomonidan ko‘rsatilgan yo‘l-yo‘riqqa, maslahatga yoki qo‘llab-quvvatlashga tayanishida namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, bu holat odamning o‘zining ichki kuchi va aqli bilan to‘liq ishlashga bo‘lgan jasoratsizlikdan kelib chiqadi. Bu, ayniqsa, jamiyatda, hukumatda yoki diniy idoralarda ko‘proq muvofiqlashtirilgan nazorat va o‘rgatishlar orqali mustahkamlanadi. Shunday qilib, ma’rifat — bu nafaqat tashqi ijtimoiy o‘zgarishlar, balki ichki, insonning o‘zini anglash va o‘z aqlini erkin ishlatishga bo‘lgan ichki ehtiyojni ham o‘z ichiga oladi.</p>
Ma’rifatparvarliksiklopediyaxudoJon LokkK.A.GelvetsiyD.DidroJ.J.RussoI.G.Pestalozzi“ma’rifatli absolyutizm”tafakkur
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.