«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 3 (2025)
YARIMSFERIK SUV TOMCHISINING LATERAL SIRTIDA MOLEKULALAR TAQSIMOTI VA BUG‘LANISH JARAYONINING FIZIK MODELLASHTIRILISHI
Madaminov, Ikromjon
Аннотатсия
<p>Ushbu maqolada yarimsferik va segmental shakldagi suv tomchilari yuzasida joylashgan molekulalar sonini fizik asoslarga tayangan holda aniqlash uchun yangi model ishlab chiqildi. Tadqiqotning maqsadi — tomchi sirti bo‘ylab molekulalar taqsimotining aniq fizik parametrlar yordamida modellashtirilishini ta’minlashdan iborat. Model molekulalar sonini tomchi radiusi, suv zichligi, molyar massasi va Avogadro soniga asoslanib hisoblaydi. Metodologiyada geometrik parametrlar va molekulyar fizik konstantalar integratsiya qilingan holda sirt molekulalari sonining aniqlanishi nazarda tutilgan. Eksperimental o‘lchovlar 25°C harorat va 20% nisbiy namlikda olib borilib, tomchi hajmi va sirt bo‘yicha molekulalar sonining vaqt davomida qanday o‘zgarishi baholandi. Tadqiqot natijalari molekulalar sonining eksponensial kamayishini va bug‘lanish jarayonining sirt maydonining kichrayishi bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatdi. Avvalgi algebraik modellar real fizik omillarni hisobga olmagani holda ideal sharoitlarga tayanilgan bo‘lsa, taklif etilgan model fizik jihatdan asoslangan ko‘rsatkichlar yordamida molekulalar taqsimotini yanada aniqlik bilan ifodalash imkonini beradi.</p> <p> </p>
Keywords: hemispheresegmental dropletwater dropletnumber of moleculesphysical modelAvogadro‘s numberdensitymolar massradiusheight
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.