«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 4-нөмір (2025)
IKKILAMCHI POLIETILEN ASOSIDA OLINGAN YANGI TURDAGI POLIMER MATERIALINING OLOVBARDOSHLIGINI ANIQLASH
Mamatova, Shahnoza
Аңдатпа
<p>Ushbu maqolada yuqori zichlikdagi past bosimli polietilen chiqindilarini kimyoviy bog‘lovchi va to‘ldiruvchilar asosida ikkilamchi qayta ishlab yangi turdagi polimer materialini olish va olingan yangi turdagi polimer materailining olovbardoshlik xossasini o‘rganish nazarda tutilgan. Yangi turdagi polimer materialini olishda kimyoviy bog‘lovchilar sifatida oltingugurt, melamin, to‘ldiruvchilar sifatida esa bitum, tabiiy jun va alyuminiy oksididan foydalanilgan. Ushbu materialdagi ikkilamchi рolietilen tarkibiga tabiiy jun, melamin va modifikatsiyalangan oltingugurt qo‘shilganda melamin-oltingugurt orasida bog‘lanishlarning hosil bo‘lishi yoritib berilgan. Olingan yangi turdagi polimer materiallarining olovbardoshligi GOST talablariga muvofiq “Olovli truba” usulidan foydalanib o‘rganilgan. Tadqiqot davomida turli qo‘shimchalar qo‘shish orqali olingan polimer materialining kislorod indeksi ikkilamchi polietilenning kislorod indeksi bilan solishtirilgan. Ikkilamchi polietilen tarkibiga kiritilgan yuqori suyuqlanish haroratiga ega bo‘lgan alyuminiy oksidi va melamin polimer materialning olovbardoshligini oshirishga xizmat qilishi olingan natijalar asosida isbotlangan. </p>
Kalit so‘zlar: ikkilamchi polietilenmelaminkislorod indeksitabiiy junbitumtermodestruksiyaolovli truba.Keywords: secondary polyethylenemelamineoxygen index
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.