«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 4 (2025)
O‘TKIR HOSHIMOV VA JEK LONDON IJODIDA MAVZULAR KO‘LAMI QIYOSIY TAHLILI
Isakova, Barchinoy
Аннотация
<p>Ushbu ilmiy maqola o‘zbek adabiyoti namoyandasi O‘tkir Hoshimov va Amerika adabiyoti klassigi Jek London ijodiy merosini qiyosiy-tipologik metod asosida tadqiq etishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning markazida ikki adib uchun ham umumiy bo‘lgan, biroq turlicha talqin qilingan “inson va kurash” konsepsiyasi turadi. Maqolada J. London ijodidagi kurashning naturalistik, ijtimoiy-biologik (tabiat va jamiyatga qarshi jismoniy kurash) mohiyati O‘. Hoshimov nasridagi ma’naviy-psixologik (vijdon azobi, insoniylikni saqlash uchun ichki kurash) talqin bilan qiyoslanadi. Tahlil “inson va tabiat”, “shaxs va jamiyat”, “insonning o‘zligi bilan kurashi” kabi uchta asosiy yo‘nalishda olib borilgan. Unda J. London qahramonlarining individualistik isyoni O‘. Hoshimov obrazlarining axloqiy qarshiligi bilan yonma-yon qo‘yib o‘rganiladi. Tadqiqot natijasida adiblarning dunyoqarashi, ijodiy uslubi va mansub bo‘lgan ijtimoiy-tarixiy muhitning badiiy konsepsiyaga ta’siri ochib berilgan. Xulosa qismida universal mavzularning milliy mentalitet prizmasidan o‘tib, o‘ziga xos badiiy shakl kasb etishi ilmiy jihatdan asoslangan.</p> <p> </p>
qiyosiy adabiyotshunoslikinstinkttipologiyaindividualistik isyonkurash konsepsiyasinaturalizmpsixologizmvijdonshaxs va jamiyatmilliy o‘ziga xoslik
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.