«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 4-son (2025)
YOSHLARDA VATANPARVARLIK TUYG‘ULARINI YUKSALTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI
Xamrakulov, O'tkirjon
Annotatsiya
<p>Mazkur maqolada yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirishning nazariy-metodologik asoslari tahlil etilgan. Jamiyatda vatanparvarlikka bo‘lgan munosabatning shakllanishida falsafiy, ijtimoiy va ma’naviy omillar roli ochib berilgan. Shuningdek, milliy taraqqiyot strategiyasi doirasida vatanparvarlik tarbiyasini mustahkamlash masalalari ham yoritilgan.</p> <p>Yosh avlodning ma’naviy tarbiyasida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish va yuksaltirish zamonaviy falsafa, ijtimoiy psixologiya va pedagogika sohalarida muhim ilmiy-amaliy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat tuyg‘usi nafaqat shaxsiy fe’l-atvorni shakllantiradi, balki jamiyatda barqarorlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonning nazariy-metodologik asoslarini tahlil qilish, uning mazmunini chuqur anglash va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish uchun quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish zarur falsafiy yondashuv, ijtimoiy-falsafiy nuqtai nazar, pedagogik nazariyalar, tarkibiy-tizimli yondashuv, komparativ tahlil, interaktiv metodlar va ilmiy-nazariy mulohazalar bo‘lishi lozim.</p>
vatanparvarlikyoshlarfalsafaijtimoiy ongma’naviyattarbiyamilliy g‘oya.
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.