«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 4 (2025)
YUQORI ELEKTROKIMYOVIY AKTIV YUZAGA EGA CoFeNi-MF/NF BIFUNKSIONAL ELEKTROKATALIZATOR: SINTEZ, MORFOLOGIK TAHLIL VA ECSA BAHOLASH
Hoshimov, Farhodjon
Abstract
<p>Ushbu ishda gidrotermal usul orqali sintez qilingan va magnit suyuqlik bilan modifikatsiyalangan CoFeNi-MF/NF nanokompozitining morfologik, tarkibiy va elektrokimyoviy xossalari o‘rganildi. Elektrod asosi sifatida nikel ko‘pik tanlab olinib, uning yuzasida Co, Fe va Ni metall tuzlaridan iborat nanokompozit shakllantirildi. Sintez qilingan materialning yuzasida yaproqsimon va ignasimon zarrachalar ko‘rinishidagi ko‘p qatlamli g‘ovakli tizim hosil bo‘lgani SEM tasvirlari orqali aniqlandi. EDS tahlili asosida Co, Fe, Ni va O elementlarining nikel ko’pik asosi yuzasida bir tekis taqsimlangani tasdiqlandi. CoFeNi-MF/NF nanokompozitining elektrokimyoviy faolligi 1 M KOH ishqoriy muhitda baholandi. Davriy voltametriya usuli yordamida ikki qavatli elektr sig‘imi qiymatlari aniqlanib, mos ravishda vodorod va kislorod ajralish reaksiyasi uchun 58.2 va 32.84 mF·cm⁻² deb topildi. Yuqori elektrokimyoviy faol sirt maydoni ko‘rsatkichlari ushbu nanokompozitning vodorod va kislorod ajralish reaksiyalarida yuqori elektrokimyoviy faollikka ega bifunksional katalizator sifatida istiqbolli ekanligini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar CoFeNi asosidagi nanostrukturalangan materiallarni suyuq magnit modifikatsiyasi orqali takomillashtirish vodorod energetikasida yangi avlod samarali elektrokatalizatorlarini ishlab chiqish uchun muhim asos bo‘lishi mumkinligini tasdiqlaydi.</p>
CoFeNi-MF/NFbifunksional elektrokatalizatorgidrotermal sintezECSACdlHEROERSEMnanostrukturamagnit suyuqlik
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.