«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 4 (2025)
QASHQADARYO BOTANIK-GEOGRAFIK RAYONIGA KIRUVCHI KATTA VA KICHIK O‘RADARYOLAR HAVZASI FLORASI DORIVOR O’SIMLIKLARINING BIRLAMCHI RO’YXATI.
Omonov, Oybek
Аннотатсия
<p>Maqolada Katta va Kichik O‘radaryo havzalarida tadqiqot olib borgan olimlar tomonidan to‘plangan O‘zbekiston Milliy gerbariysi (TASH) fondida saqlanayotgan va dala tadqiqotlarida terilgan gerbariy namunalari asosida tahlili keltirilgan. Shuningdek, gerbariyning qo‘llanilishi va uning o‘simliklarning biologik xilma-xilligini saqlashdagi ahamiyati qisqacha tavsiflangan. Tadqiqot natijasida hudud florasining dorivor o’simliklari uchun ilk marotaba shakllantirilgan ro‘yxatga muvofiq 26 oila 47 turkumga mansub 50 turning 603 ta gerbariy namunasini o‘z ichiga oladi. Bulardan, “Ozbekiston Respublikasi Qizil kitobi” (2019) asosida shakllantirilgan ro’yxatga muvofiq, 2 oila 2 turkumga mansub 2 turning 8 ta namunasi keltirildi. Ushbu tadqiqot ishi Fanlar Akademiyasi Botanika institutining “O‘zbekiston florasining polimorf o’simliklar oilalarini taksonomik reviziyasi” (FZ-20200929321) loyihasi va Janubi-G‘arbiy Hisor okrugi florasining tо‘r tizimli xaritalash (Qashqadaryo viloyati qismi) davlat dasturi hamda tadqiqotchining dissertatsiya ishi doirasida bajarilmoqda.</p> <p> </p>
Katta O‘radaryoKichik O‘radaryohavzafloraoilaturkumturgerbariy namunaQizil kitobdorivor
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.