«FarDU­ ilmiy xabarlari» 31-jild 3-son (2025)

DUAL TA’LIM TIZIMI OLIY TA’LIMDA: XALQARO TAJRIBALAR, SAMARADORLIK VA O‘ZBEKISTON KONTEKSTI

Shermuhammadov, Bahodir, Qurbonova, Baxtixon

Manbada oʻqish

Annotatsiya

<p><em>Mazkur maqolada dual ta’lim tizimining nazariy va amaliy asoslari chuqur ilmiy tahlil qilinib, uning rivojlangan mamlakatlardagi samarali joriy etilish usullari hamda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida uni keng va tizimli ravishda tatbiq etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Dual ta’lim — bu nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni uzviy uyg‘unlashtiruvchi, talabalarni zamonaviy mehnat bozorining talablariga samarali moslashishga tayyorlaydigan innovatsion pedagogik model hisoblanadi.</em> <em>Maqolada Germaniya, Shveytsariya, Avstriya va Singapur kabi ilg‘or mamlakatlarning dual ta’lim tizimini oliy ta’lim va kasbiy tayyorgarlik jarayoniga muvaffaqiyatli integratsiya qilish tajribalari batafsil yoritiladi. Ushbu mamlakatlarda dual ta’lim orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarni egallash, balki real ish sharoitida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniga ega bo‘lib, shu orqali ularning kasbiy kompetensiyalari, kritik va mustaqil fikrlash, tahliliy ko‘nikmalari shakllanadi.</em> <em>Shuningdek, maqolada dual ta’limning O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida joriy etilishining ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati, ta’lim sohasidagi islohotlar bilan uzviy bog‘liqligi va mehnat bozorining zamonaviy talablariga moslashishda o‘rni tahlil qilinadi. Dual ta’limning O‘zbekiston sharoitida ta’lim sifatini oshirish, talabalarni real ish faoliyatiga tayyorlash va yoshlar bandligini ta’minlashdagi imkoniyatlari, shu bilan birga, uni keng joriy etishda yuzaga keladigan pedagogik, tashkiliy va iqtisodiy muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqiladi.</em> <em>Maqolada pedagogik innovatsiyalar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari va ta’limda amaliyotning ahamiyatini yoritib, dual ta’limni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan o‘qituvchilar malakasini oshirish, ta’lim dasturlarini mehnat bozorining ehtiyojlariga moslashtirish hamda ishlab chiqarish va ta’lim o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalariga e’tibor qarat</em><em>ila</em><em>di.</em></p>

dual ta’limamaliy ko‘nikmalarkasbiy tayyorgarlikxalqaro tajribata’lim islohotlarimehnat bozoripedagogik innovatsiyalarkritik fikrlashzamonaviy ta’limmustaqil fikrlash

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Shermuhammadov, Bahodir & Qurbonova, Baxtixon (2025). DUAL TA’LIM TIZIMI OLIY TA’LIMDA: XALQARO TAJRIBALAR, SAMARADORLIK VA O‘ZBEKISTON KONTEKSTI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 31(3).
GOST R 7.0.5
Shermuhammadov, Bahodir, Qurbonova, Baxtixon DUAL TA’LIM TIZIMI OLIY TA’LIMDA: XALQARO TAJRIBALAR, SAMARADORLIK VA O‘ZBEKISTON KONTEKSTI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2025. Т. 31. № 3.
BibTeX
@article{bahodir2025,
  author  = {Shermuhammadov, Bahodir and Qurbonova, Baxtixon},
  title   = {DUAL TA’LIM TIZIMI OLIY TA’LIMDA: XALQARO TAJRIBALAR, SAMARADORLIK VA O‘ZBEKISTON KONTEKSTI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2025},
  volume  = {31},
  number  = {3}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Shermuhammadov, Bahodir
AU  - Qurbonova, Baxtixon
TI  - DUAL TA’LIM TIZIMI OLIY TA’LIMDA: XALQARO TAJRIBALAR, SAMARADORLIK VA O‘ZBEKISTON KONTEKSTI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2025
VL  - 31
IS  - 3
ER  -