«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 4 (2025)
GEOGRAFIK AXBOROT TIZIMLARI ASOSIDA TUPROQ SHO‘RLANISHINI XARITALASHTIRISH VA FAZOVIY TAHLIL QILISH
Kulmatov, Rashid
Abstract
<p>Tuproq sho‘rlanishi, ayniqsa arid va yarim-arid hududlarda, keng tarqalgan agroekologik muammolardan biri bo‘lib, qishloq xo‘jaligida yuqori hosil olishda, yer resurslarini tog‘ri boshqarishda va barqaror qishloq xo‘jaligini yuritishda asosiy to‘siq hisoblanadi. Unumdor tuproqlarning sho‘rlanishini yumshatish, oldini olish va unga qarshi kurashishda vaqt hamda makon bo‘yicha uzluksiz monitoringini yo‘lga qo‘yishni talab qiladi. Ushbu maqolada Qoraqalpog‘iston Respublikasining Xo‘jayli tumani sug‘oriladigan yerlarida mavjud ko‘p yillik tuproq sho‘rlanishining fazoviy tahlili keltirilgan. Olingan natijalar FAO (The Food and Agriculture Organization) tadbiq qilgan tasnif asosida hamda GAT (Geografik axborot tizimlari) texnologiyalari yordamida IDW (teskari masofaga bog‘liq og‘irlikli interpolatsiya) usuli orqali xaritalashtirilgan. Tadqiqot natijalari 2011–2023 yillar oralig‘ida sho‘rlanmagan yerlar maydoni keskin kamayganligini, kuchli va juda kuchli sho‘rlangan maydonlar esa sezilarli darajada ortganligini ko‘rsatgan. Ayniqsa 2019–2023 yillar oralig‘ida sho‘rlanish jarayonlari ancha faollashgani va ekologik muammo yanada keskinlashgani qayd etilgan. Tadqiqot davomida yaratilgan xaritalar Xo‘jayli tumanidagi sug‘oriladigan tuproqlarning meliorativ holatini yaxshilash hamda sho‘r yuvish ishlarini yanada samarali tashkil etishda asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.</p>
tuproq sho‘rlanishiqishloq xo‘jaligigeo axborot tizimlariIDWfazoviy tahlilSoil salinizationagriculturegeographic information systemsIDWspatial analysis
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.