«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 3 (2025)
“UCH OG‘AYNI” ROMANIDA “YO‘QOTILGAN AVLOD” TASVIRI
Olimjonov, Sarvarbek
Аннотатсия
<p><em>Maqolada XX asr birinchi yarmida G‘arb adabiyotida vujudga kelgan “yo‘qotilgan avlod” atamasining kelib chiqishi hamda uning badiiy asar qahramonlari sifatida qo‘llanilishi haqida fikr yuritilgan. Eriх Mariya Remarkning “Uch og‘ayni” romanida ushbu avlodga mansub bo‘lgan qahramonlar tasviri tahlil qilingan. Muallif ijodi, xususan, “Uch og‘ayni” romanida urushning insoniyatga yetkazgan fojiali oqibatlari chuqur badiiy ifodasini topgan. “Yo‘qotilgan avlod” timsoli orqali yozuvchi jamiyatdagi ma’naviy bo‘shliq, maqsadsizlik, yo‘qotilgan orzu va hayotiy qadriyatlar haqida fikr yuritadi. Asardagi qahramonlar kechinmalari o‘zbek adabiyotidagi zamonaviy antiurush ruhidagi asarlar bilan hamohang ravishda o‘rganilishi mumkin. Bunday adabiy tahlillar bugungi kunda yosh avlodni urushga qarshi ruhda tarbiyalash, tinchlik va insonparvarlik g‘oyalarini ilgari surish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.</em></p>
yo‘qotilgan avlodG‘arb adabiyotinasrbadiiy talqinrealistik tasvirroviy-qahramonobrazportretpeyzajkartina
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.