«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 4-san (2025)
HARBIYLASHGAN (TEMURBEKLAR MAKTABI MISOLIDA) VA HARBIYLASHMAGAN MAKTAB O‘QUVCHILARINING JISMONIY RIVOJLANISH DARAJASINI BAHOLASH
Erkaboyev, Oybek
Annotaciya
<p><em>Mazkur tadqiqotda harbiylashgan (Temurbeklar maktabi misolida) va harbiylashmagan umumta’lim maktab o‘quvchilarining jismoniy rivojlanish darajasi o‘rganildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — ikki turdagi ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilarning jismoniy rivojlanish ko‘rsatkichlarini solishtirish hamda harbiy-intizomiy muhitning bolalarning jismoniy holatiga ta’sirini aniqlashdan iborat. Bu borada o‘quvchilarning bo‘yi, vazni, ko‘krak aylanasi, tana massasi indeksi va boshqa morfologik hamda funktsional ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Natijalar esa Temurbeklar maktabi o‘quvchilarida jismoniy rivojlanish darajasi nisbatan yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Bu holat maxsus tayyorgarlik mashg‘ulotlari, qat’iy kun tartibi va harbiy yo‘nalishdagi pedagogik yondashuvlar bilan bog‘liq deb xulosa qilindi. Tadqiqot natijalari jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirish, harbiy va umumta’lim maktablaridagi sog‘lomlashtiruvchi faoliyatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda qo‘llanishi mumkin.</em></p>
antropometriyatana vaznizamonaviy texnologiyalarrespirator salomatlikjismoniy rivojlanishtana kuchi.antropometriyatana vaznizamonaviy texnologiyalarrespirator salomatlik
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.