«FarDU ilmiy xabarlari» 31-jild 4-son (2025)
BADIIY ASARDA IKKINCHI DARAJALI PERSONAJLAR TALQINI
Odilova, Sadoqat
Annotatsiya
<p><em>Ushbu maqolada adabiy asarda personaj tushunchasi, xususan, ikkinchi darajali personajlarning badiiy-funksional vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — o‘zbek adabiyoti namunalarida ikkinchi darajali personajlarning syujet dinamikasi, bosh qahramon xarakterini ochish va ijtimoiy muhit tasviridagi o‘rnini aniqlash hamda ilmiy asosda yoritishdan iborat. Tadqiqotda adabiyotshunoslik nazariyasi, personaj konsepsiyasi va badiiy matn tahlili metodlaridan foydalanilgan. Xususan, Xurshid Do‘stmuhammadning “Iffat” va “Yoqub izquvarning xiylasi” hikoyalari misolida amaliy tahlil o‘tkazilib, undagi ikkinchi darajali personajlarning syujet va g‘oya rivojidagi funksional roli ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, ikkinchi darajali personajlar asarning syujet tuzilishi, asosiy qahramon xarakterining psixologik ochilishi va jamiyat muhitining badiiy ifodalanishida muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi aniqlangan. Xulosa o‘rnida esa bunday personajlarning ilmiy-tahliliy o‘rganilishi badiiy asarning g‘oyaviy-badiiy tizimini to‘laqonli anglashga xizmat qilishi ta’kidlangan.</em></p>
personajbosh qahramonikkinchi darajali personajijtimoiy muhitbadiiy konsepsiyaasar dinamikasi.personajbosh qahramonikkinchi darajali personajijtimoiy muhit
Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.