«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 4-нөмір (2025)
QAYUM RAMAZON VA UNING “OʻZBEK TILINING BIRLASHGAN IMLO QOIDALARI” RISOLASI XUSUSIDA
Azimov, Inomjon
Аңдатпа
<p><em>Oʻtgan asrning boshlarida oʻz harakatlarini “jadidlar” nomi bilan tarix zarvaraqlariga muhrlagan ma’rifatparvar ziyolilar birinchi navbatda, alifbo va imlo masalalariga jiddiy e’tibor qaratdilar, ma’lum qonun-qoidalarga asoslangan milliy adabiy til boʻlishini orzu qildilar. Mazkur masalalar jadidlar faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri edi.</em></p> <p><em>Ma’lum imlo qoidalariga asoslanmagan arab yozuvi isloh qilinib, dastlabki imlo qoidalari ishlab chiqildi. Dastlabki tajriba sifatida Fitrat boshchiligida tashkil qilingan “Chigʻatoy gurungi” tomonidan ishlab chiqilgan “Bitim yoʻllari” (“Yozuv yoʻllari”) asarini keltirish mumkin. 1929-yil may oyida Samarqandda boʻlib oʻtgan til va imlo konferensiyasida, boshqa turkiy tillardagi kabi, oʻzbek tilida ham singarmonizm qonuniyati e’tirof etilib, imlo qoidalari shu asosda ishlab chiqilgan edi. Unga koʻra, unlilar soni 9 ta etib belgilangan.</em></p> <p><em>Afsuski, sovet mafkurasining hukmronligi tilshunoslik sohasiga ham oʻz ta’sirini oʻtkazdi. May konferensiyasida tasdiqlangan imlo qoidalari millatchilik ruhida tuzilganligi va ishchi-dehqon ommasining savod chiqarishiga toʻsqinlik qilayotgani kabi vajlar bilan rad etildi. Singarmonizm yoʻqolib borayotgan hodisa sifatida baholanib, unlilar miqdori 9 tadan 6 taga kamaytirildi. Avvalgi imlo qoidalaridan tubdan farq qiladigan, shoʻro mafkurasiga mos yangi imlo qoidalari ishlab chiqildi.</em></p> <p><em>Maqolada Qayum Ramazon tomonidan risola holida tayyorlangan mazkur imlo qoidalari xususida soʻz yuritiladi.</em></p>
alifboimloislohunli tovushundosh tovushsingarmonizmharffonemayot harflaryozuv.
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.