«FarDU ilmiy xabarlari» Volume 31 Issue 4 (2025)
ZICRONA CAERULEA (HETEROPTERA) TURINING FARG‘ONA VODIYSIDAGI EKOLOGIK XUSUSIYATLARI VA BIOLOGIK NAZORATDAGI AHAMIYATI
Mahmudov, Mirmuxsin
Abstract
<p><em>Ushbu maqolada Zicrona caerulea (Heteroptera: Pentatomidae) turining Farg‘ona vodiysidagi ekologik xususiyatlari, tarqalishi va biologik nazoratdagi roli o‘rganildi. Tadqiqotlar 2020–2024 yillarda olib borilib, Z. caeruleaning G‘arbiy Farg‘ona hududida kam uchraydigan entomofag qandala ekanligi aniqlangan (dominantlik indeksi 3–5%). Tur barg qo‘ng‘izlari lichinkalarini 24 soat ichida o‘rtacha 2–4 dona iste’mol qilishi uning zararkunandalar bilan kurashda samaradorligini ko‘rsatadi. Pestitsidlar qo‘llanilgan dalalarda populyatsiyaning kamayishi kimyoviy vositalarga sezgirligini tasdiqlaydi. Biologik nazoratda Z. caeruleaning samarali qo‘llanilishi uchun pestitsidlarni me’yorida va vaqtida ishlatish, shuningdek, populyatsiyani laboratoriyada sun’iy ko‘paytirish tavsiya etiladi. Maqola biologik kurash vositasi sifatida bu turning ahamiyatini yoritib, agroekotizimlarda pestitsidlarni kamaytirish zaruratini ta’kidlaydi.</em></p>
Zicrona caeruleaekologiyabiologik nazoratentomofagzararkunandaFarg‘ona vodiysipestitsid.Zicrona caeruleaekologiyabiologik nazorat
Metadata source: the journal's OAI-PMH archive · Sindex does not store the full text; it links to the source.