«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 4 (2025)
NOCTUINI TUNLAMLARI (LEPIDOPTERA, NOCTUIDAE) XILMA-XILLIK KO‘RSATKICHLARINING EKOTOPIK TAHLILI
Botirov, Elyor
Аннотация
<p><em>Maqolada Farg‘ona vodiysi Noctuini tunlamlari xilma-xillik ko‘rsatkichlarining ekotopik hududlar bo‘yicha qiyosiy tahlili ochib berilgan.</em> <em>Olib borilgan tadqiqotlar va tahlillar natijasiga ko‘ra, Noctuini tunlamlarining xilma-xillik indeksi (µ) cho‘l (7,9±0,40) – adir (8,5±0,57) – tog‘ oldi (16,8±0,78) ekotoplari ketma-ketligida ortib boradi, aksincha, nisbatan baland tog‘ ekotoplariga tomon bir oz pasayadi (14,6±0,76). Dominantlik indeksi (C) cho‘l va adir ekotoplarida tog‘ oldi va tog‘ ekotoplariga nisbatan yuqori bo‘ladi. Ekotopik hududlar bo‘yicha Noctuini faunasining o‘xshashligi (K<sub>J</sub>) Farg‘ona tumani tog‘ ekotoplari bilan So‘x tumani tog‘ va tog‘ oldi ekotoplari o‘rtasida eng yuqori (0,77), Markaziy Farg‘ona cho‘l ekotoplari bilan Farg‘ona tumani tog‘ ekotoplari o‘rtasida esa eng quyi (0,20) darajada.</em></p>
LepidopteraNoctuidaeNoctuiniekotopxilma-xillik indeksidominantlik indeksio‘xshashlik darajasi.LepidopteraNoctuidaeNoctuini
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.