«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 4 (2025)
EKOLOGIK ZO‘RIQISHNI KAMAYTIRISH ORQALI QISHLOQ XO‘JALIGIDA BARQARORLIKNI TAMINLASH
Raxmatov, Abduxoliq
Аннотация
<p><em>Mazkur maqolada ekologik zo‘riqish va ekologik zo‘riqish koeffitsienti (</em><em>К<sub>нис</sub></em><em>) tushunchalari, ularning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati tahlil qilinadi. Maqolada B. Kochurov tomonidan ishlab chiqilgan ekologik zo‘riqish koeffitsienti (</em><em>К<sub>нис</sub></em><em>) ning mohiyati va qishloq xo‘jaligi yerlarida qo‘llanilishi o‘rganilgan. Ushbu koeffitsient qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik barqarorligini ta’minlash, tuproq degradatsiyasini kamaytirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada Rossiya, Xitoy, Yevropa va boshqa mamlakatlarda ekologik zo‘riqish monitoringi bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari yoritilgan. Ekologik zo‘riqish darajasini tahlil qilish orqali yer resurslarini muvozanatli boshqarish, ekologik va iqtisodiy manfaatlarni uyg‘unlashtirish hamda qishloq xo‘jaligida barqaror rivojlanishni ta’minlash imkoniyatlari ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu maqola qishloq xo‘jaligi yerlarining ekologik monitoringini tashkil etish, resurslardan samarali foydalanish va barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy va amaliy asos sifatida xizmat qilishi mumkin.</em></p>
Ekologik zo‘riqishEkologik zo‘riqish koeffitsientiQishloq xo‘jaligi ekologiyasiBarqaror rivojlanishTuproq degradatsiyasiEkologik monitoringResurslardan oqilona foydalanishAntropogen yuk.Ekologik zo‘riqishEkologik zo‘riqish koeffitsienti
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.