«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 4 (2025)
EKOLOGIK KARKAS – JAMIYATNING BARQAROR RIVOJLANISH STRATEGIYASINING ASOSI SIFATIDA
Abdugʻaniyev, Olimjon, Kosimov, Dilshodbek
Аннотация
<p><em>Mazkur maqolada ekologik karkas tushunchasi va uning jamiyatning barqaror rivojlanish strategiyasidagi hal qiluvchi o‘rni tahlil qilinadi. Barqaror rivojlanish hozirgi kunda "yashil iqtisodiyot" konsepsiyasi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda tabiiy geotizimlarni muhofaza qilish va qayta tiklash ustuvor vazifa sifatida belgilangan. Ekologik karkas tabiiy muhitning strukturasi va funksiyalarini saqlab qolish, bioxilma-xillikni ta’minlash va atrof-muhit barqarorligini qo‘llab-quvvatlashda markaziy ahamiyatga ega. Shuningdek, “Yevropa Yashil Belbog‘i” va “Pan-Yevropa ekologik tarmog‘i” loyihalari misolida ekologik karkas modellari tahlil qilinadi. Mazkur ekotarmoqlarda tabiat muhofazasi va geotizimlar o‘rtasidagi uzluksizlikni ta’minlash uchun o‘zaro bog‘langan hududlar va ekologik yo‘laklarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilgan. Xalqaro darajada yaratilgan ekologik tarmoqlar global barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda muhim vosita bo‘lib xizmat qilayotganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, Xalqaro Tabiatni Muhofaza Qilish Ittifoqi (IUCN) standartlari asosida tabiatni muhofaza qilish tarmoqlari shakllantirish va ularning samarali boshqaruvini ta’minlash usullari ko‘rib chiqilgan. Ekologik karkas nafaqat tabiiy muhitni muhofaza qilish, balki iqtisodiy faoliyat, hududiy rivojlanish va ijtimoiy barqarorlik uchun ham asosiy platforma vazifasini o‘taydi. </em></p>
metapopulyatsiyaekologik tarmoqtranschegarageotizimekoyo‘lakmuhofaza etiladigan tabiiy hududlarmarkaziy yadrobioxilma-xillikyashil belbog‘bufer zona.
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.