«FarDU ilmiy xabarlari» Том 31 № 4 (2025)
IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA MIKROORGANIZMLARNING AGROEKOLOGIK BARQARORLIKNI TA’MINLASHDAGI ROLI
Obidov, Muzaffarjon
Аннотация
<p><em>Mazkur maqolada iqlim o‘zgarishi sharoitida o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi mikrobiologik preparatlarning ahamiyati ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Foydali mikroorganizmlar, xususan rizobakteriyalar va mikorizal zamburug‘lar o‘simliklar bilan bevosita va bilvosita aloqaga kirishib, o‘simliklarning oziqlanishini yaxshilaydi, o‘sish gormonlari va sideroforlar sintezini kuchaytiradi, abiotik va biotik stress omillariga bardoshliligini oshiradi. Shuningdek, ushbu ishda o‘sishni rag‘batlantiruvchi mikroorganizmlarning fitogormonlar biosintezi, fosfor va temir kabi elementlarni eruvchan holga aylantirishdagi roli, o‘simlik patogenlariga qarshi bionazorat mexanizmlari, shuningdek mikrob bioo‘g‘itlar asosida biofortifikatsiya strategiyalari chuqur yoritilgan. </em></p>
Mikrobiologik preparatmikroorganizmPGPRmikorizazamburug‘agroekologik barqarorlikbioo‘g‘itfitogormonbiotik stressabiotik stress
Источник метаданных: OAI-PMH архив журнала · Sindex не хранит полный текст, а даёт ссылку на источник.