«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 4-san (2025)
MAHALLIY DARAXT POYA VA ILDIZI CHIQINDILARI ASOSIDA OLINGAN KOʻMIR ADSORBENTLARNING IQ-SPEKTRLARINI OʻRGANISH
Xaydarova, Shoxsanam, Isaqov, Muhammedjan, Paygʻamov, Rahimjon, Tojiboyev, Dostonbek
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqolada o‘rik daraxt poyalari va ildizlari ikkilamchi homashyosi asosida olingan uglerodli adsorbentlarining IQ-spektrlari tahlil qilingan. Daraxt poyalari va ildizlari organik va noorganik birikmalarga boy bo‘lib, ular yuqori miqdorda uglerod saqlovchi materiallar hisoblanadi. Bu o‘simlik biomassasining fizik faollantirish usuli yordamida ko‘mir adsorbentlari tayyorlangan va ularning fizikaviy hamda kimyoviy xususiyatlari infraqizil spektroskopiya (FTIR) usulida tahlil qilingan. Olingan ko‘mir adsorbentlarining funktsional guruhlari o‘rganilgan. Tadqiqotda o‘rik daraxti poyasi va ildizi asosida olingan ko‘mir adsorbentlarining IQ-spektroskopiyasi, ular tarkibidagi turli funktsional guruhlarning mavjudligini ko‘rsatilgan hamda ilmiy asoslangan. Olingan natijalar shuni ko‘rsatadiki, yuqori haroratda termik va suv bug‘i bilan faollantirilgan ko‘mir adsorbentlarining sirtida organik funktsional guruhlar miqdori kamayadi va mikrog‘ovaklik strukturani hosil qilishi aniqlangan. Bu tadqiqot, daraxt poyalari va ildizlaridan olingan ko‘mir adsorbentlarining kimyoviy tarkibi va fizikaviy xususiyatlarini yanada chuqurroq o‘rganish uchun muhim ilmiy ma'lumotlar taqdim etadi. Ko‘mir adsorbentlarining turli sanoat jarayonlarida, xususan, suv va havoni tozalash, sanoat chiqindilarini zararsizlantirish kabi sohalarda qo‘llanilishi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.</em></p>
daraxt poyalariildizlari chiqindilariuglerodli adsorbentlarfizik faollantirishtermik faollantirishIQ-spektroskopiyainfraqizil spektroskopiyamikrog‘ovaklik strukturafunktsional guruhlar.daraxt poyalari
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.