«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 6-нөмір (2025)
TOG‘LI BIOTOPLARDA CARABIDAE (COLEOPTERA) FAUNASINING EKOLOGIK TUZILISHI VA ANTROPOGEN TA’SIR OSTIDAGI O‘ZGARISHLARI
MUHAMMADRASULOV, ISMOILJON
Аңдатпа
<p>Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysining turli biotoplarida (archazor o‘rmonlari, lalmikor dala-yaylovlar va intensiv bog‘dorchilik maydonlarida) Yer qo‘ng‘izlari (Carabidae) faunasining ekologik tuzilishini, turlar xilma-xilligini va dominant tarkibini aniqlashdan iborat. Tadqiqot 2024–2025-yillarda o‘tkazilib, namuna yig‘ish uchun “Pitfall” (chuqurlik) tuzoqlari va qo‘lda yig‘ish usullari qo‘llanildi. Har bir biotopda o‘rtacha 30 ta tuzoqdan jami 425 ta namuna to‘plandi. Natijalarga ko‘ra, eng yuqori xilma-xillik va populyatsiya zichligi archazor o‘rmonlarida (S=6, N=174, H′=1.79) qayd etildi, eng past ko‘rsatkich esa intensiv bog‘dorchilik maydonlarida (S=2, N=111, H′=0.69) kuzatildi. Shennon–Viner va Simson indekslari tabiiy biotoplarda turlar xilma-xilligi yuqori, inson faoliyati kuchaygan agrobiotoplarda esa pasayganini ko‘rsatdi. Ekologik tahlil natijalariga ko‘ra, barcha biotoplarda zoofag turlar ustun bo‘lib, ularning ulushi 60–75% oralig‘ida bo‘lgan. Tadqiqot natijalari Farg‘ona vodiysi ekotizimlarida antropogen omillar ta’sirida bioxilma-xillikning kamayish tendensiyasini ilmiy asosda tasdiqlaydi.</p>
Carabidaetog‘ biotoplariekologik tuzilmaxilma-xillikantropogen omillarekotizimmonitoringekologik tahlilCarabidaetog‘ biotoplari
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.