«FarDU­ ilmiy xabarlari» 31-jild 6-son (2025)

SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI

Ibroximova, Sabohat

Manbada oʻqish

Annotatsiya

<p>O‘rganilgan tuproqlarning haydov qatlami gumus “Bekzod-Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida  2,30%,  “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi  tuproqlarining 1-kesmaning 0,20 sm  haydov qatlamida 1,20%   va yalpi azot “Odiljon Serhosil” fermer xo’jaligi  tuproqlarining 0-28 sm haydov qatlamida  0,100%, “Bekzod-Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 0,140%  bilan yetarli darajada ta’minlanmagan. Bu tuproq unumdorligini saqlash va oshirish uchun muntazam ravishda organik o‘g‘itlar (go‘ng, kompost) qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.</p> <p>Barcha xo‘jaliklar tuproqlarida o‘simlik o‘zlashtiradigan harakatchan fosfor miqdori “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi  tuproqlarining 2-kesmadagi 0,25 sm  haydov qatlamida 2,82 mg/kg , “Bekzod Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 7,22 mg/kg  keskin tanqis “juda past” darajada. Yalpi fosfor zaxirasi yuqori bo‘lsa-da, uning harakatchanligi past. Bu fosforli o‘g‘itlarni, ehtimol, yuqoriroq me’yorlarda va maxsus shakllarda (masalan, suvda eruvchan) qo‘llashni talab etadi.</p> <p>Harakatchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi past “Odiljon Serhosil” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-28 sm haydov qatlamida 75,80 mg/kg dan o‘rtacha “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi tuproqlarining 1-kesmasida tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 166,40 mg/kg gacha  o‘zgarib turadi. Bu kaliyli o‘g‘itlarni ham tuproq tahlili asosida differensial qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi.</p> <p>Tuproq unumdorligini tiklash va yuqori hosildorlikka erishish uchun ushbu fermer xo‘jaliklarda agrokimyoviy kartogrammalarga asoslangan oziq elementlar balansini hisobga oluvchi ilmiy asoslangan o‘g‘itlash tizimini joriy etish tavsiya etiladi.</p>

Och tusli bo‘zunumdorlikagrokimyoviy tahlilgumusyalpi azotharakatchan fosforharakatchan kaliyoziqa elementlari.Och tusli bo‘zunumdorlik

Metadata manbasi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex toʻliq matnni saqlamaydi, manbaga havola beradi.

Iqtibos olish

APA 7
Ibroximova, Sabohat (2025). SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI. «FarDU­ ilmiy xabarlari», 31(6).
GOST R 7.0.5
Ibroximova, Sabohat SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI // «FarDU­ ilmiy xabarlari». 2025. Т. 31. № 6.
BibTeX
@article{sabohat2025,
  author  = {Ibroximova, Sabohat},
  title   = {SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI},
  journal = {«FarDU­ ilmiy xabarlari»},
  year    = {2025},
  volume  = {31},
  number  = {6}
}
RIS
TY  - JOUR
AU  - Ibroximova, Sabohat
TI  - SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI
JO  - «FarDU­ ilmiy xabarlari»
PY  - 2025
VL  - 31
IS  - 6
ER  -