«FarDU ilmiy xabarlari» Ҷилди 31 № 6 (2025)
SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARNING AGROKIMYOVIY XOSSALARI
Ibroximova, Sabohat
Аннотатсия
<p>O‘rganilgan tuproqlarning haydov qatlami gumus “Bekzod-Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 2,30%, “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi tuproqlarining 1-kesmaning 0,20 sm haydov qatlamida 1,20% va yalpi azot “Odiljon Serhosil” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-28 sm haydov qatlamida 0,100%, “Bekzod-Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 0,140% bilan yetarli darajada ta’minlanmagan. Bu tuproq unumdorligini saqlash va oshirish uchun muntazam ravishda organik o‘g‘itlar (go‘ng, kompost) qo‘llash zarurligini ko‘rsatadi.</p> <p>Barcha xo‘jaliklar tuproqlarida o‘simlik o‘zlashtiradigan harakatchan fosfor miqdori “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi tuproqlarining 2-kesmadagi 0,25 sm haydov qatlamida 2,82 mg/kg , “Bekzod Sherzod” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 7,22 mg/kg keskin tanqis “juda past” darajada. Yalpi fosfor zaxirasi yuqori bo‘lsa-da, uning harakatchanligi past. Bu fosforli o‘g‘itlarni, ehtimol, yuqoriroq me’yorlarda va maxsus shakllarda (masalan, suvda eruvchan) qo‘llashni talab etadi.</p> <p>Harakatchan kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi past “Odiljon Serhosil” fermer xo’jaligi tuproqlarining 0-28 sm haydov qatlamida 75,80 mg/kg dan o‘rtacha “Salimjonova Sabina” fermer xo’jaligi tuproqlarining 1-kesmasida tuproqlarining 0-20 sm haydov qatlamida 166,40 mg/kg gacha o‘zgarib turadi. Bu kaliyli o‘g‘itlarni ham tuproq tahlili asosida differensial qo‘llash lozimligini ko‘rsatadi.</p> <p>Tuproq unumdorligini tiklash va yuqori hosildorlikka erishish uchun ushbu fermer xo‘jaliklarda agrokimyoviy kartogrammalarga asoslangan oziq elementlar balansini hisobga oluvchi ilmiy asoslangan o‘g‘itlash tizimini joriy etish tavsiya etiladi.</p>
Och tusli bo‘zunumdorlikagrokimyoviy tahlilgumusyalpi azotharakatchan fosforharakatchan kaliyoziqa elementlari.Och tusli bo‘zunumdorlik
Манбаи метамаълумот: бойгонии OAI-PMH-и маҷалла · Sindex матни пурраро нигоҳ намедорад, ба манбаъ пайванд медиҳад.