«FarDU ilmiy xabarlari» 31-tom 6-san (2025)
BAKIR CHO‘PONZODA ADABIY MEROSINI O‘RGANISHNING O‘ZBEK VA OZARBAYJON XALQLARI UCHUN PEDAGOGIK AHAMIYATI
Maxmudova, Sumbula
Annotaciya
<p><em>Ushbu maqola O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlarining "Bir Tarix, Bir Taqdir" shiori ostidagi mushtarak tarixi, madaniy aloqalari va zamonaviy strategik sherikligini tahlil qiladi. Materiallar Xaydar Aliyevning Ozarbayjon madaniyati sintezi haqidagi fikrlaridan kelib chiqib, ikki millatning qon, til va qalb rishtalari bilan bog‘langanligini asoslaydi. Tadqiqot XX asr boshidagi ma’rifatparvarlik harakatlariga e’tibor qaratib, mashhur turkiyshunos olim Bakir Cho‘ponzoda (1893-1937) faoliyati va fojiaviy taqdiri misolida ikki xalq ziyolilarining o‘sha davrdagi mushtarak qatag‘on sinovlarini o‘rganadi. Xususan, uning Farg‘ona davlat universitetidagi ilmiy merosi (1930-1935) va o‘zbek tili hamda adabiyoti kafedrasiga asos solishi tahlil qilinadi. Hozirgi davrdagi Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Ilhom Aliyevning siyosiy irodasi tufayli munosabatlarning strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani, iqtisodiy (Boku – Tbilisi – Qars temir yo‘li) va madaniy (Toshkentdagi Haydar Aliyev Markazi va Bokudagi Alisher Navoiy haykali) aloqalarning kuchaygani ko‘rsatib beriladi. Maqola, Bakir Cho‘ponzoda kabi jadid olimlarning merosini o‘rganish orqali bugungi kunda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi birlik va hamkorlikni mustahkamlashning muhimligini ta’kidlaydi.</em></p>
OzarbayjonO‘zbekistonBakir Cho‘ponzodaturkiyshunoslikjadidchilikqatag‘onstrategik sheriklikturkiy davlatlar tag‘shkilotiyangi renessans.Azerbaijan
Metadata derekkózi: jurnal OAI-PMH arxivi · Sindex tolıq mátindi saqlamaydı, derekkózge silteme beredi.