«FarDU ilmiy xabarlari» 31-том 6-нөмір (2025)
HARAKATLI O‘YINLARNI JISMONIY TARBIYA FANIGA INTEGRATSIYA QILISH ORQALI SOG‘LOM TURMUSH TARZINI SHAKLLANTIRISH
Hamroqulov, Rasul
Аңдатпа
<p><em>Ushbu ilmiy ishda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida jismoniy sifatlarni shakllantirish va harakat malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishda harakatli o‘yinlardan foydalanishning pedagogik, psixologik hamda fiziologik ahamiyati tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya darslari hamda darsdan tashqari mashg‘ulotlarda nafaqat jismoniy rivojlanish, balki o‘quvchilarda motivatsiya, emotsional barqarorlik, ijodkorlik va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda samarali vosita hisoblanadi. Tajriba-sinov ishlari davomida 2–4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan savolnoma va jismoniy tayyorgarlik testlari natijalariga asoslanib, mavjud ta’lim jarayonida harakatli o‘yinlar yetarlicha qo‘llanilmasligi, yuklamalar individual yondashuv asosida rejalashtirilmagani va jismoniy rivojlanish monitoringi tizimli yo‘lga qo‘yilmagani aniqlandi. Ayniqsa, 9 yoshli o‘quvchilarda olib borilgan eksperimental tahlillar jismoniy tayyorgarlik me’yorlardan past ekanligini, shu sababli jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tabaqalashtirilgan holda tashkil etish zarurligini ko‘rsatdi.</em></p>
harakatli o‘yinlarjismoniy tarbiyasog‘lom turmush tarzibolalar rivojlanishiharakat malaka va ko‘nikmalaripedagogik jarayonmashg‘ulotlarni tashkil etishjismoniy sifatlarmotivasiyani shakllantirishkoordinatsion qobiliyatlar
Метадеректер дереккөзі: журналдың OAI-PMH архиві · Sindex толық мәтінді сақтамайды, дереккөзге сілтеме береді.